Oʻzbekiston 10 kishi boʻlib qolgan BAA termasini arang yutdi
Bundan 5 kun oldin xuddi shu maydonda 10 kishilik Eron termasining darvozasiga gol urolmagandi.

2026 yilgi jahon chempionati Osiyo qitʼasi saralashi soʻnggi bosqichi 4-turida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Birlashgan arab amirliklarini qabul qildi.
Oʻyin toʻliq mezbonlar ustunligi ostida oʻtgan boʻlsa-da, omad oʻzbekistonliklardan yuz oʻgirgandek taassurot uygʻondi. Nihoyat 76-daqiqada 10 kishi boʻlib qolgan BAAliklar darvozasiga penalti belgilandi.
Bundan oldingi turda xuddi shu stadionda Eron termasiga qarshi oʻyinda ham xuddi shu ssenariy takrorlangandi. Ammo gol kiritilmagan edi.
Ayni paytda Oʻzbekiston MTJ 10 ochko bilan guruh peshqadamligini mustahkamladi. Endi noyabrda Qatar va Shimoliy Koreyaga mehmonga borishadi.
JCh-2026, Osiyo saralashi, 4-tur
Oʻzbekiston - BAA 1:0
Gol: Shukurov 76 pen.
