platina.uz
Jamiyat

Oybek Elmuratov Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi

U shu vaqtga qadar Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlab kelayotgandi. 

Oybek Elmuratov Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Elmuratov Oybek Umurzakovich Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Oybek Elmuratov 1999 yilda Toshkent moliya institutini tamomlab, mehnat faoliyatini “Oʻzmilliybank” Loyihani moliyalashtirish markazi mutaxassisi sifatida boshlagan.

Keyinchalik Moliya vazirligida boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, ushbu vazirlikning Yoʻl jamgʻarmasi boshligʻi oʻrinbosari, BMTning Oʻzbekistondagi loyiha menejeri, “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi departamenti boshligʻi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida boshqarma boshligʻi kabi qator masʼul vazifalarda mehnat qilgan.

Oybek Elmuratov tayinlovga qadar Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid