platina.uz
Jahon

KXDR Janubiy Koreyaga olib boruvchi ikki yoʻlni portlatib yubordi

Pxenyan tomoni avvalroq janubga olib boruvchi barcha avtomobil va temir yoʻllarni toʻsib qoʻyish niyatida ekanini maʼlum qilgan. 

KXDR Janubiy Koreyaga olib boruvchi ikki yoʻlni portlatib yubordi

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga olib boruvchi gʻarbiy va sharqiy chegaradagi ikkita avtomagistral uchastkalarini portlatib yubordi, deya xabar bermoqda Yonhap Janubiy Koreya harbiylariga asoslanib.

"Shimoliy Koreya Kyongi va Dongxe yoʻllarining harbiy chegara chizigʻidan shimoldagi qismlarini portlatib yubordi", — deya agentlik Koreya Respublikasi shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi bayonotidan iqtibos keltirmoqda.

Harbiylarning qoʻshimcha qilishicha, ular nima boʻlayotganini kuzatib turishgan va kuzatuvni kuchaytirgan.

Janubiy Koreya rasmiylari bir kun avval KXDR yoʻllarni portlatib yuborishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi.

Avvalroq Pxenyan tomoni janubga olib boruvchi barcha avtomobil va temir yoʻllarni toʻsib qoʻyish niyatida ekanini bildirgan edi.

Shuningdek, Shimoliy Koreya rasmiylari ularning yon tomonidagi yoʻl chiroqlarini demontaj qilgani va ular boʻylab minalar qoʻygani, shuningdek, ikki Koreyani ajratib turuvchi qurolsizlantirilgan hudud yaqinida tankga qarshi toʻsiqlar qurish va chegarani mustahkamlash maqsadida qoʻshinlarni joylashtirgani ham xabar qilingan.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda ikki davlat munosabatlari keskin yomonlashdi. KXDR janubga qarata bir necha marotaba chiqqindi sharlarini uchirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid