Kanada olti nafar hind diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi
Hindiston ham bunga javoban olti nafar kanadalik diplomatni chiqarib yuborgan. Kanada tomoni rasmiy Dehlini sikx faolining oʻlimiga aloqadorlikda ayblagan.

Kanada hukumati sikx faoli Hardip Singx Nijjarning oʻldirilishi boʻyicha tergov olib borilayotgan paytda olti nafar hind diplomatini, jumladan oliy komissarni mamlakatda chiqarib yubordi.
Hindiston tashqi ishlar vazirligi bu ishga darhol javob qaytardi va olti nafar kanadalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborgan.
AP xabariga koʻra, Kanada politsiyasi Hindiston agentlari haqida xabar berganidan keyin diplomatlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Kanada politsiyasiga koʻra, ular Hindiston hukumati bilan aloqador va zoʻravon jinoyatlarda qatnashgan.
Hindiston tashqi ishlar vazirligi bunga javoban Kanada elchixonasi oliy komissari va uning oʻrinbosari, shuningdek, elchixonaning toʻrt nafar birinchi kotibini mamlakatdan chiqarib yubordi. Departament Kanada politsiyasining ayblovlarini rad etdi.
Hardip Singx Nijara Hindistonning Xaliston viloyati mustaqilligi uchun kampaniya olib borgan. Hindiston hukumati uni 2020 yilda terrorchi deb eʼlon qildi. 2023 yil iyun oyida Hardip Singx Nijara Kanadaning Surrey shahrida oʻldirilgan.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo sikx faolining oʻldirilishida Hindiston hukumatining aloqasi borligini aytdi. Hindiston ayblovlarni absurd va asossiz deb atadi. 2023 yil oktabr oyida Kanada Hindiston soʻroviga binoan 41 diplomatini mamlakatga qaytardi.