platina.uz
Jamiyat

Sogʻliqni saqlash vazirligi ogohlantirildi

Bunga MAGNE B6, IMUDON, SMEKTA, DUSPATALIN, ELEVIT kabi dori vositalarining kontrafakt nusxalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani sabab boʻlgan.  

Sogʻliqni saqlash vazirligi ogohlantirildi

Intelektual mulk agentligi kontrafakt dori vositalari sabab Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi.

Qonunchilik hujjatlari talablariga koʻra dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishida intellektual mulk huquqlariga qatʼiy rioya etilishi kerak.

Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 2023 yilda 21 ta holatda, 2024 yilning oʻtgan davrida 16 ta holatda dori vositalari intellektual mulk huquqlariga rioya qilmagan holda davlat roʻyxatiga olinganligi aniqlandi.

Jumladan, isteʼmolchilarga yaxshi tanish boʻlgan MAGNE B6, IMUDON, SMEKTA, DUSPATALIN, ELEVIT kabi tovar belgilari ostida ishlab chiqariladigan dori vositalarining kontrafakt nusxalari Magne B6, Nest Imudon, Smecta, Grand Imudon, MER DUSPATANIM, ELEMALVIT koʻrinishida turli farmatsevtika korxonalari nomiga intellektual mulk huquqlariga rioya qilmagan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Shu sababli Sogʻliqni saqlash vazirligiga ogohnoma kiritilgan. Unda vazirlik dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat roʻyxatdan oʻtkazilishida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishini oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish lozimligi, bunday holatlar takroran sodir etilganda qonunchilikda belgilangan jazo choralari qoʻllanilishi haqida ogohlantirildi.

"Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonunga asosan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi hamda qalbakilashtirilgan va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid