platina.uz
Siyosat

Pokistonda ShHTning navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi

Unda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi kutilmoqda. 

Pokistonda ShHTning navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi

15-16 oktabr kunlari Pokistonda ShHT sammiti boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.

15 va 16 oktabr kunlari Islomobodda boʻlib oʻtadigan ShHT yigʻilishida aʼzo davlatlarning rahbarlari, bosh vazirlari va yuqori mansabdor shaxslari kiradi. Pokiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mumtoz Zahra Xitoy, Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston rahbarlari sammitda ishtirok etishini tasdiqladi.

Sammitda Eron birinchi vitse-prezidenti va Hindiston tashqi ishlar vaziri ham ishtirok etadi.

Bosh vazir Shahboz Sharif tashrif buyurgan delegatsiyalar rahbarlari bilan yakkama-yakka muzokaralar olib borishi kutilmoqda. Bu muzokaralar iqtisodiy hamkorlik, savdo, atrof-muhit muammolari, aʼzo davlatlar oʻrtasidagi madaniy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash kabi muhim mavzularni qamrab oladi, deya xabar bermoqda Pokiston OAVlari.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid