Bayden Rossiya, Xitoy va KXDR bilan yadro quroli boʻyicha muzokaralarga tayyorligini bildirdi
AQSh rahbari bu haqda tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini olgan yapon tashkilotiga yoʻllangan tabrikda maʼlum qilgan.

AQSh prezidenti Jo Bayden Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombasidan omon qolgan "Nihon Hidankyo" harakatini tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan tabrikladi.
U Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bilan yadroviy qurol boʻyicha hech qanday shartlarsiz muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi. "AQSh Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bilan yadroviy tahdidni kamaytirish uchun hech qanday shartlarsiz muzokaralar olib borishga tayyor. Yadro arsenallarini qisqartirish borasidagi harakatlarni sekinlashtirish na bizning mamlakatlarimiz, na butun dunyo uchun foydali emas. Yadro tahdidini kamaytirish zamonaviy dunyoning xavf-xatarlariga qaramay emas, balki aynan ular tufayli muhim ahamiyatga ega", — deyiladi tabrik matnida.
Bayden" Nixon Hidankyo"ni yadro qurolidan foydalanishga qarshi "tarixiy ishini" tan olgani uchun tabrikladi. Uning fikricha, tashkilot aʼzolari oʻnlab yillar davomida "insoniyat eshitishi kerak boʻlgan voqeani aytib, yadroviy qurolning insoniyat uchun halokatli oqibati haqida insoniy vasiyat boʻlib xizmat qilgan". U, shuningdek, Yaponiyani" oʻz xalqi va hukumatining yadroviy qurollarning tarqalishi va qoʻllanilishining oldini olish boʻyicha maʼnaviy ravshanligi va qatʼiy majburiyatini tan olgani" bilan tabrikladi.
Prezident 1945 yildagi portlash uchun AQSh javobgarligini tilga olmadi. Xirosima va Nagasaki 1945 yilda Amerika atom bombasiga uchragan. Yaponiya shaharlari janglarda yadro quroli qoʻllaniladigan yagona joylarga aylandi. Hujum oqibatida Xirosimada 70-100 ming va Nagasakida 70 ming kishi halok boʻldi. Oʻlganlar soni, jumladan, nurlanish kasalligidan vafot etganlar soni 500 mingdan oshadi.
AQSh prezidentlari Barak Obama va Jo Bayden Xirosimaga tashrif buyurgan, ammo Ikkinchi Jahon urushi voqealari uchun kechirim soʻramagan.