BAA termasi futbolchisi qamoq xavfi tufayli Oʻzbekistonga kelmaydi
Fabio de Lima 2013 yilda Oʻzbekiston fuqarosi pasportini olgan va BAA chempionatida osiyolik legioner sifatida roʻyxatdan oʻtgan.
BAA termasining kelib chiqishi braziliyalik boʻlgan aʼzosi Fabio de Lima Oʻzbekistonga kela olmaydi.
15 oktabr kuni Oʻzbekiston va BAA termalari Jahon chempionati saralashida maydonga tushadi.
Maʼlum boʻlishicha, "Al Vasl" klubi futbolchisi 2013 yilda Oʻzbekiston fuqarosi pasportini olgan va BAA chempionatida osiyolik legioner sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Bu holat Oʻzbekistonda tekshiruvga sabab boʻlgan va bu raqamli pasport aslida boshqa odamga tegishli ekani maʼlum boʻlgan.
Shu bois Fabio hech qachon Oʻzbekistonga uchib kelmaydi.
Avvalroq, "Nasaf" OChLda "Al Vasl"ni qabul qilgan va De Lima Qarshiga kelmagandi.
Soʻngra "Al Vasl" "Paxtakor"ga qarshi oʻynadi, unda ham Fabio kelmadi. U 15 oktabr kungi bahsni ham oʻtkazib yuboradi.