Margʻilondagi gaz toʻldirish shoxobchasi qariyb 500 mln soʻmlik gazni oʻgʻirlashda ayblanmoqda
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Margʻilon shahridagi bitta AGTKSh 456 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
"Oʻzenergoinspeksiya" Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda Margʻilon shahridagi "S.F.G" MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz taʼminoti korxonasi manfaatiga 456 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.