Qoraqalpogʻistonda bogʻcha mudirining qilmishlari oshkor boʻldi

U 11 yil davomida amalda ishlamagan shaxslarga soxta boʻyruq hamda tabellarni rasmiylashtirib kelgan. 

Jamiyat
4 soat avval
Qoraqalpogʻistonda bogʻcha mudirining qilmishlari oshkor boʻldi

Jinoyat ishlari boʻyicha Ellikqalʼa tuman sudida byudjet pulini talon-toroj qilishda ayblangan bogʻcha mudiri ishi koʻrib chiqildi. Sud hujjati Platina.uz ixtiyorida mavjud. 

Maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchi XX 2011 yil 22 noyabr kunidan Ellikqalʼa tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori lavozimida ishlab kelgan. U mansabdor shaxs boʻla turib, mansab mavqeini suiisteʼmol qilib gʻarazli va past niyatlarni koʻzlab oʻzi rahbarlik qilgan davlat muassasasidan shaxsiy boylik va daromad orttirish manbai sifatida foydalangan. 

XX 2013 yil iyun oyidan 2024 yil fevral oyiga qadar amalda bolalar bogʻchasida ishlamagan boʻlsada uning mavsumiy oʻt yoqar, qorovul, hovli tozalovchi, yordamchi, tarbiyachi, xona farroshi, hovli tozalovchi lavozimlariga ishga tayinlanganligi va ishda boʻlganligi haqida soxta boʻyruq hamda tabellarni rasmiylashtirgan va jami 75.601.204 soʻm ish haqi hisoblab, uni oʻz manfaatlari yoʻlida ishlatib yuborgan.

U jinoyatlarini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, mansab mavqeini suiisteʼmol qilib, oʻziga ishonib topshirilgan ѐki uning ixtiѐrida boʻlgan oʻzganing mulklarini oʻzlashtirish yoʻli bilan amalga oshirgan.

Sudlanuvchi sud jarayonida oʻz aybiga iqror boʻlib, pushaymonligini aytdi,  zarar qoplanganini maʼlum qilib, suddan ozod etishlarini soʻragan.

Yakuniy hukmga koʻra,  XX JKning 70-moddasiga asos jazo tayinlanmasdan jazodan ozod qilindi.

Sud ishi Oliy sud ochiq portalidan olindi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+