Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti yapon tashkilotiga berildi
"Nixon Hidankyo" Xirosima va Nagasaki portlashlarida omon qolganlarni birlashtirgan tashkilot sanaladi.

Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sohibi maʼlum boʻldi.
2024 yilgi tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki portlashlarida omon qolganlarni birlashtirgan "Nixon Hidankyo" tashkilotiga topshirildi.
Mukofot tashkilotga "yadroviy quroldan xoli dunyo yaratishga qaratilgan saʼy-harakatlari va yadro qurolidan boshqa hech qachon foydalanilmasligini koʻrsatgani uchun” berildi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu mukofot oʻtgan yili eronlik huquq himoyachisi Nargiz Muhammadiga berilgandi.