Oʻzbekistonda haroratning sezilarli darajada sovishi kutilyapti
Togʻ oldi va baland togʻli hududlarda qor yogʻishi mumkin. Harorat kunduzi 13—18 daraja iliqqacha pasayadi.

Oʻzbekistonda keyingi haftada havo haroratining sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Joriy yilning 13-oktabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy viloyatlariga, 14-17-oktabrda esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massasi kirib keladi.
13—17-oktabr kunlari havo harorati kechasi 3—8 darajagacha, respublika shimolida baʼzi joylarda 0—2 daraja sovuqgacha, kunduzi 13—18 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
13—15-oktabr kunlari respublika boʻylab yomgʻir yogʻadi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda, baland togʻli hududlarda qorga oʻtishi bilan havo harorati kuchli boʻlishi mumkin.