Namangandagi sanitariya boʻlimida tegishli vositalar tekshiruvdan oʻtkazilmagani aniqlandi
Natijada sanitariya boʻlimi boshligʻiga nisbatan maʼmuriy chora koʻrilib, 78 dona oʻlchash va sinash vositalaridan foydalanishni taqiqlashga koʻrsatma berildi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Namanganda tekshiruv oʻtkazdi.
Inspeksiyaning Namangan viloyati inspektorlari tomonidan Yangiqoʻrgʻon tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimida davlat nazorati oʻtkazilgan.
Tekshiruv davrida 86 dona oʻlchash va sinash vositalaridan 78 donasini metrologik tekshiruvdan oʻtkazish muddatlari oʻtganligi aniqlandi.
Bu bilan, Oʻzbekiston Respublikasi "Metrologiya toʻgʻrisida"gi Qonunning 16-20-moddasi talabi buzilgan.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻiga nisbatan maʼmuriy chora koʻrildi, 78 dona oʻlchash va sinash vositalaridan foydalanishni taqiqlash boʻyicha koʻrsatma berildi, deyiladi xabarda.