platina.uz
Jahon

Fors koʻrfazi davlatlari AQShdan Isroilni Eronga hujum qilmaslikka koʻndirishni soʻradi

Ular vaziyat keskinlashsa, arab davlatlari neft obʼektlari Tehron va uning ittifoqchilari hujumiga uchrashi mumkinligidan qoʻrqmoqda, deya yozadi Reuters. 

Fors koʻrfazi davlatlari AQShdan Isroilni Eronga hujum qilmaslikka koʻndirishni soʻradi

Fors koʻrfazi davlatlari AQShni Isroilga bosim oʻtkazib, Erondagi neft obʼektlariga hujum qilmaslikka koʻndirishga chaqirmoqda. Ular mojaro avj olgan taqdirda oʻz energiya inshootlari Tehronning ittifoqchilari tomonidan hujumga uchrashi mumkinligidan qoʻrqmoqda, deya yozadi Reuters.

Agentlik bu haqda mintaqa mamlakatlaridagi manbalarga asoslanib xabar berdi. Ularning maʼlumotlariga koʻra, xuddi shu sababga koʻra Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar Isroilga oʻz havo hududidan Eronga qarshi har qanday harbiy amaliyotlar uchun foydalanishni taqiqlagan va bu haqda Vashingtonni xabardor qilgan.

Bu Tehron Ar-Riyodni Eronga hujumda Isroilni qoʻllab-quvvatlasa, Saudiya Arabistoni neft inshootlari xavfsizligini kafolatlay olmasligi haqida ogohlantirganidan keyin sodir boʻldi.

Manbalarning tushuntirishicha, Fors koʻrfazi davlatlari "amerikalik hamkasblari bilan aloqada", yahudiy davlatining Eronga ehtimoliy hujumi koʻlami va oqibatlaridan xavotir bildirmoqda.

Xususan, Saudiya Arabistoni vaziyat yanada kuchayib ketishining oldini olish uchun AQSh bilan mudofaa vazirligi darajasida aloqani davom ettiradi.

" Agar neft narxi bir barrel uchun 120 dollargacha koʻtarilsa (Eron Fors koʻrfazi monarxiyalarining neft obʼektlariga hujum qilgan taqdirda ), bu Amerika iqtisodiyotiga zarar yetkazadi va Kamala Xarrisning gʻalaba qozonish imkoniyatlarini kamaytiradi. Shuning uchun amerikaliklar neft urushining kengayishiga yoʻl qoʻymaydi", — deya manbalardan birining soʻzlarini keltiradi agentlik.

Boshqa suhbatdoshlar taʼkidlaganidek, Fors koʻrfazi davlatlari oʻz neft infratuzilmasini himoya qilishga qaratilgan ham harbiy, ham diplomatik saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda va Tehronga "xavf tugʻdirmasligiga" ishontirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oktabr oyi boshida Eron Isroilga yuzlab raketalar uchirgan va yahudiy davlati ham javob zarbasi bilan tahdid qilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid