Yahudiylar nega qiyomatni kutishmoqda?
Isroil mintaqani urush oʻchogʻiga aylantirayotganining asosiy sababi – yahudiylarning diniy kitobida yozilgan bashorat amalga oshadi deb hisoblaydi.

Hamas va Isroil qurolli mojarosi boshlanganiga 7 oktabr kuni bir yil toʻldi. Isroil qonxoʻrlik hamda vahshiyliklari surʼatini pasaytirgani yoʻq. Voqealar rivojini kuzatib, Isroil ataylab va qandaydir maqsad yoʻlida urush davom etishidan manfaatdor degan xulosaga kelish mumkin.
Ayrim fikrlarga koʻra, Isroilning mintaqada urush olovni yoqishi, Uchinchi jahon urushi, hatto yadro urushi boshlanishi uchun astoydil intilib, provokatsiya uyushtirayotganining aniq sababi mavjud.
Bir necha muddat avval internetda 1990 yilda olingan bir video tarqalgan edi. Unda bir ravvin – rebe Shneyersonning yosh siyosatchi Benyamin Netanyahuga juda yaqin turgan holda “Mashiaxning kelishini tezlatishimiz zarur, sen bunga yordam berishing kerak” degani koʻrinadi.
Mashiax kim?
Mashiax (messiya, masih) – yahudiylar diniy doktrinasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Yahudiy ulamosi Maymonid Mashiax kelishiga ishonish eʼtiqodini “yahudiylikning 13 asosiy tamoyillari” roʻyxatiga qoʻshgan.
Nasroniylar va musulmonlar ham qiyomat qoim boʻlishi oldidan Iso Masihning ikkinchi marta yerga tushishiga ishonishadi. Nasroniylar uni messiya deb atashadi.
Yahudiylarning iddao qilishicha esa Isoning tushishi haqida dogma yahudiylardan oʻgʻirlab olinib, Mashiax haqidagi ishonch buzilib, Iso Masihga aylantirilgan. (Taʼkidlash kerak, yahudiylar Isoning paygʻambar ekaniga, umuman nasroniylikning samoviy din ekanligiga ishonmaydi, uni yolgʻon eʼtiqod deydi. – tahr.)
Nasroniylar va musulmonlar eʼtiqodi boʻyicha esa Iso Masih yerga tushadi va adolat oʻrnatadi. Albatta, bu hodisani ikki din vakillari oʻzlariga xos tartibda talqin qilishadi.
Yahudiy eʼtiqodi boʻyicha Mashiax – aqlli, adolatli, kim haq-nohaqligi seza olish qobiliyatiga ega oddiy odam, iloh emas. Mashiaxning maqsadi – Isroilni dushmanlardan ozod etish, yahudiylar tarqoqligiga barham berishdir. Shu bilan birga u butun dunyoni ham zulmdan qutqaradi, tinchlik oʻrnatadi. Kofirlik, xudosizlik, qullik, yovuzlik va adolatsizlikka chek qoʻyadi. Xalqlar oʻrtasida nafrat va urushlarga chek qoʻyiladi. Insoniyat goʻyoki yerdagi jannatda yashay boshlaydi. Halol va oʻz ixtiyori bilan mehnat qilib farovon va tinch yashaydi. Ayniqsa, tarqoq yahudiylar yana Isroilga yigʻilib, qaytib kelishadi. Oʻz (!) yerida yashay boshlaydi. Bunday oʻzgarishlarni koʻrgan barcha xalqlar Isroil dini va hukmronligini tan olishadi. Shu bois Mashiax nafaqat yahudiylar, balki barcha xalqlarning podshosi boʻladi.
Yahudiylar kutayotgan Mashiaxni esa ayrim Islom dini ulamolari Dajjolga (nasroniylikdagi Antixristga) ishora deyishadi. Chunki Islom eʼtiqodi boʻyicha Dajjol yerga tushib, oʻzini xudo, deb eʼlon qiladi va unga yahudiylar ergashadi. Shu bois yahudiylar Mashiax (yaʼni Dajjol) kelsa, yana bizga dunyo hukmronligini olib beradi deb kutishadi.
Yahudiylikdagi Qiyomat kuni va Masihni kutish Tanaxga (Eski Ahd) borib taqaladi, u yerda Yerda Xudoning abadiy adolat va tinchlik hukmronligini oʻrnatadigan Najotkorni olib kelish haqidagi vaʼdasi qayta-qayta tilga olinadi. Qiyomat haqidagi eng muhim bashoratlardan biri “Daniil kitobi” boʻlib, unda "oxirzamon" va adolatni tiklaydigan va zulmga barham beradigan "Inson Oʻgʻil"ning kelishi haqida soʻz boradi (Daniil 7:13–14).
Nega Isroil qiyomat kuniga tayyorgarlik koʻrmoqda?
Ayrim manbalarga koʻra, Isroil kiyomat kuniga tayyorgarlik koʻrmoqda. Isroilning mintaqani urush oʻchogʻiga aylantirayotganining asosiy sababi – yahudiylarning diniy kitobida yozilgan bashorat amalga oshadi deb hisoblaydi. Xususan, haydalib, tarqalib ketgan, sargardon va xor boʻlib yurgan yahudiy xalqi butun dunyodan kelib, oʻz yurtiga yigʻilishi, Quddusning Isroil poytaxti deb eʼlon qilinishi, Al-Aqso masjidining buzilib, oʻrniga Mashiax (messiya) tomonidan yahudiy ibodatxonasi qurilishi, ikki dengiz oraligʻida “Buyuk Isroil davlati”ning tashkil qilinishi, shundan soʻng yahudiylar podshosi Dovudning avlodidan boʻlgan Mashiaxning tushishi va barcha xalqlar yaxudiylarga buysunishiga, hatto oʻlganlar tirilib, Mashiaxga ergashishiga ishonmoqda. Netanyahu va uning atrofidagi 10 ga yaqin mulozimlar bunga ishonadi. Chunki yahudiylar qanday zamonda, qayerda yashamasin, qayerda ishlamasin, har qanday taqiq yoki tahdid boʻlmasin, bolalagidan oʻz dinini oʻrganadi, Tavrotni yodlaydi. Shu bois, hatto AQShdagi eng zamonaviy yahudiy milliarder boy yoki katta amaldor ham ateist emas, oʻz dinini sevadi va amal qiladi!
Demakki, Isroil urush yoki yadroviy mojarodan qoʻrqmaydi. Qiyomat qancha yaqin qolsa, yahudiylarning baxtli kunlari shuncha yaqinlashadi, deb eʼtiqod qiladi. Hizbulloh va Eron bilan qarama-qarshilik kabi zamonaviy siyosiy voqeliklar va qurolli toʻqnashuvlar fonida Qiyomat kuni haqidagi ritorika diniy emas, balki siyosiyroq maʼnoga ega boʻladi. Isroil davlati tashqi tahdidlarni koʻpincha "oxirzamon" sinovi sifatida qabul qiladi.
Nega Isroil “qiyomat kuni”dan qoʻrqmaydi?
Isroil bir necha arab davlatlariga qarshi jang qilib gʻolib chiqqan harbiy kampaniya 4-arab-isroil urushi ham “Qiyomat kuni urushi” (Yom-Kipur) deb ataladi. Isroilning mamlakat qiyomat kunidan qoʻrqmasligiga ishonchining siri uch omil: harbiy qudrat, texnologik ustunlik va strategik diplomatiyaning uygʻunligidadir. Isroil mintaqadagi eng qudratli armiyalardan biriga ega. Zamonaviy yuqori texnologiyali qurollar, raketalarga qarshi mudofaa, kiberxavfsizlik va yadroviy arsenal shular jumlasidandir.
Isroilni havo hujumidan himoya qilish tizimi – “Temir gumbaz” tizimi kabi harbiy texnologiya Isroilni Hizbulloh va boshqa dushmanlarning aksariyat raketa hujumlaridan himoya qiladi. Bu Isroilga zararni minimallashtirish va vaziyatni nazorat qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, Isroil AQSh va boshqa Gʻarb davlatlari bilan strategik hamkorlikni faol rivojlantirmoqda, bu esa xalqaro maydonda uning diplomatik va harbiy yordamini kuchaytirmoqda.
Hamma yahudiy ham sionist emas!
Isroil hukumati tepasida sinonistlar oʻtirishadi. Ularning ritorikasi beshafqat. Biroq yahudiy dindorlar orasida yana bir oqim – Naturey karta oqimi ham mavjudki, ular hasidiiylikka yaqin boʻlib, sionistlarga qarshi chiqishadi. Ular ham oʻzlarini oliy irq hisoblashsa-da, lekin Isroil davlatining qurilishidan norozi. Falastinliklarni himoya qilib, Isroilga qarshi chiqayotgan yahudiylar ham ana shular. Ularning eʼtiqod qilishicha, sionistlar yahudiylarga falokat olib keldi va olib kelyapti xolos. Tarixga qaralsa, Falastinda, arab va musulmon yerlarida yahudiylar erkinroq va yaxshiroq yashaganlar. Qadimgi Rim, Yunonistn, Fors imperiyasi va Chor Rossiyasida, Sharqiy Yevropada esa yahudiylar xor va sargardon yashagan, deyishadi. “Naturey karta” aʼzolarining aytishicha, yahudiylar Xudo oldidagi gunohlari uchun quvgʻinlik jazosiga giriftor etilgan. Ular minglab yillar davomida qiynalib, musofirchilikda sargardon boʻlib, gunohlarini yuvishlari lozim. Faqat qiyomat oldidan Mashiax tushib, yahudiylarni qutqarib, Isroilga yigʻishi va faqat u Isroil davlatini qayta qurishi lozim. Isroil davlati ham oʻshanda tuzilishi kerak edi. Biroq sionistlar bunga zid ishlarni qilib, Xudoning qahrini keltirmoqda. Yahudiy xalqining kulfatlarini yana choʻzmoqda, qutqarilishiga toʻsqinlik qilmoqda, deyishadi.
Shu bois, “Naturey karta” ulamolari Isroil davlatini tan olmaydi, Isroilning mustaqillik kunini motam kuni sifatida nishonlaydi. Bu oqim aʼzolari va muxlislari Isroil pasporti va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini olishni rad etishadi, sud va oliy ravvinlik sudining yurisdiksiyasini tan olmaydi, saylovlarda ovoz bermaydi, Isroil bosib olgan yerlarni falastinliklarga qaytarib berishni targʻib qiladi.
Umuman olganda, yahudiylikda Mashiaxni kutish har doim ozodlik va tinchlik umidi bilan bogʻliq boʻlgan, ayniqsa, qaygʻuli va quvgʻin paytlarida. Bobil asirligi, Rim istilosi va Xolokost davrida yahudiylar ularni ozodlik va farovonlikka olib boradigan Najotkorni kutishgan. Biroq zamonaviy Isroilda bu anʼana, ayniqsa dunyoviy aholi orasida kamroq ahamiyat kasb etmoqda. Koʻpgina yahudiylar Isroil davlatining mustaqilligini, uning iqtisodiy farovonligini va harbiy qudratini Mashiax haqidagi bashoratning bir qismining amalga oshishi deb bilishadi, bu ham Qiyomat kunidan qoʻrqishni kamaytiradi.