platina.uz
Jahon

"Milton" toʻfoni Floridaga yopirildi: qurbonlar bor

Oʻzbekiston elchixonasi shtatdagi vatandoshlarni ogohlantirdi. Avvalroq ushbu toʻfon soʻnggi yuz yildagi eng halokatlisi boʻlishi aytilgandi. 

"Milton" toʻfoni Floridaga yopirildi: qurbonlar bor

"Milton" toʻfoni AQShning Florida shtatiga yetib bordi: birinchi qurbonlar haqida xabar berildi.

Foxnews telekanali saytida maʼlum qilinishicha, "Milton" toʻfoni Florida qirgʻoqlariga yetib borgan va birinchi qurbonlar allaqachon maʼlum. Ularning aniq soni ochiqlanmagan.

Sent-Lyusi okrugi sherifi Keyt Pirsonning aytishicha, bir kun avval Florida shtatida 17 ta tornado boʻlgan.

Shuningdek, dovul tufayli Sent-Pitersberg shahri ichimlik suvisiz qolgani xabar qilingan.

Toʻfon quruqlikka tushgan Siyesta Keyda baʼzi okruglarda, Sarasota, Manatee va Pinellas okruglari kabi isteʼmolchilarning 70% dan koʻprogʻi elektr energiyasisiz qolgani haqida xabar berilgan. Hardi okrugida esa mijozlarning 97 foizi elektr taʼminotida uzilishlarga duchor boʻlmoqda.

AQShdagi Oʻzbekiston elchixonasi toʻfon tufayli favqulodda holat eʼlon qilingan Florida shtatida yashovchi oʻzbekistonliklarga murojaat yoʻlladi.

Elchixona fuqarolarga shtatga "Milton" toʻfoni yopirilishi munosabati bilan ehtiyot choralarini koʻrish tavsiya etdi.

Shoshilinch yordam zarur boʻlgan hollarda elchixonaning quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin:+1-202-251-8298;+1-202-300-9526.

Shuningdek, Oʻzbekiston elchixonasi AQSh Favqulodda vaziyatlar federal agentligining ishonch telefonlari bilan bogʻlanishni tavsiya qilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid