platina.uz

Toshkentda prokuratura katta tergovchisi qidiruvga berildi

Tergovchi 40 ming dollar pora olayotganda qoʻlga olish jarayonida qochishga muvaffaq boʻlgan. Unga nisbatan sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi. 

Jamiyat
9-oktabr 2024 yil
Toshkentda prokuratura katta tergovchisi qidiruvga berildi

Toshkentda prokuratura katta tergovchisi 40 ming dollar pora olib, qochib ketgani maʼlum boʻldi.

Bosh prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda fuqaro I.X.ning arizasi asosida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Muallif arizasida Toshkent shahar Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisi Sh.Sh. tomonidan “B.H.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan boʻlgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal qilish uchun pul mablagʻlari talab qilganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Ushbu ariza asosida joriy yilning 7 oktabr kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Sh.Sh. ariza muallifidan kelishilgan 40 ming AQSh dollarini olib, jinoiy taʼqibdan qutulish maqsadida nomaʼlum tomonga yashiringan (40 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan).

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Sh.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi "a" bandi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Ayblanuvchiga nisbatan sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+