platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 41 mlrd dollardan oshdi

Bu 2013 yildan beri yuritiladigan statistik maʼlumotlar uchun navbatdagi rekord sanaladi. 

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 41 mlrd dollardan oshdi

Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetdi va 41 mlrd dollardan oshdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumot berdi.

1 oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari sentabr oyida 1,99 milliard dollarga oshgan holda 41,14 milliard dollarni (+5 foiz) tashkil etmoqda.

Bu 2013 yildan beri yuritiladigan statistik maʼlumotlarning butun davri uchun navbatdagi rekord koʻrsatkich hisoblanadi. Oʻzbekiston yalpi xalqaro zaxiralari 2024 yilning sentabr oyida 1,99 mlrd. dollarga oshdi, bunda oltin narxining 2524,15 dollardan 2650,15 dollargacha koʻtarilishining taʼsiri +1,51 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Soʻnggi oʻn yil ichida oltin zaxirasi rekord darajada koʻpaygan davlatlar orasida Rossiya yetakchi (+ 1,2 ming tonna). Keyingi oʻrinlarda Xitoy va Turkiya bormoqda.

Jahondagi umumiy oltin zaxirasi boʻyicha esa AQSh va Germaniya yetakchi. AQSh oltin zaxirasi 8,1 ming tonnadan oshadi. Germaniyada bu koʻrsatkich 3,35 ming tonnani tashkil qiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid