Jon Xopfild va Jeffri Xinton fizika boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritdilar
Ularga neyron tarmoqlarni mashina taʼlimi asosida oʻqitish boʻyicha olib borgan tadqiqotlari uchun mukofot berildi.

Jon Xopfild va Jeffri Xinton neyron tarmoqlarni mashina taʼlimi asosida oʻqitish boʻyicha olib borgan tadqiqotlari uchun fizika boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlishdi. Bu haqda Nobel mukofoti qoʻmitasi xabar berdi.
Ular fizika vositalaridan zamonaviy kuchli mashina taʼlimining asosi boʻlgan usullarni ishlab chiqish uchun foydalanganlar.
Jon Xopfild (AQSh) maʼlumotlardagi tasvirlar va boshqa turdagi naqshlarni saqlashi va qayta qurishi mumkin boʻlgan assotsiativ xotirani yaratdi.
Jeffri Xinton (Kanada) maʼlumotlardagi xususiyatlarni avtonom tarzda topadigan va shu tariqa tasvirlardagi muayyan elementlarni aniqlash kabi vazifalarni bajaradigan usulni ixtiro qildi.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yilda fizika boʻyicha mukofotni Per Agostini, Ferens Kraus va Enn L'Uile qoʻlga kiritgandi.
Ularga mukofot "materiyada elektronlar dinamikasini oʻrganish uchun attosekundli yorugʻlik impulslarini yaratish boʻyicha eksperimental usullar uchun" berilgandi.
7 oktabr kuni esa tibbiyot boʻyicha Nobel sohiblari maʼlum qilingandi.