platina.uz

Tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari maʼlum boʻldi

Mukofot Viktor Ambroz va Gari Ruvkunga MikroRNKlarning kashf etgani uchun berildi. 

Jahon
7-oktabr 2024 yil
Tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari maʼlum boʻldi

Viktor Ambroz va Gari Ruvkun fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlishdi.

Nobel qoʻmitasi fiziologiya va tibbiyot boʻyicha mukofot sohiblarini eʼlon qildi.

Mukofot mikroRNKlarni kashf etgani va ularning gen ekspressiyasini transkripsiyadan keyingi tartibga solishdagi rolini oʻrgangani uchun berildi.

MikroRNKlarning kashf etilishi muhim, chunki ular genlarni tartibga solishda ishtirok etadi. Ushbu jarayonning buzilishi oqibati diabet, onkologiya va boshqa kasalliklar boʻlishi mumkin. Shuning uchun genlarni tartibga solish mexanizmini tushunish soʻnggi oʻn yilliklarda fan uchun muhim maqsad boʻlib qoldi.

Bu Nobel haftaligining birinchi mukofotidir.

8 oktabr kuni fizika, 9 oktabrda kimyo, 10 oktabrda adabiyot boʻyicha laureatlarning nomi eʼlon qilinadi.

Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti 11 oktabr kuni topshiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+