Soʻnmas yulduzlar: Maykl Jekson – oʻlganmi yoki oʻldirilgan?
Platina.uz sayti yana bir yangi loyihani boshladi. Unda taniqli shaxslarning sirli oʻlimi va taqdiri haqida soʻz boradi.

Har narsaning ibtidosi boʻlgani kabi intihosi ham boʻlishi tayin. Ammo shunday yakunlar borki, istalmagan, tugashi barchaning koʻz yoshlariga sabab boʻlgan. Va yo aksincha, uning ketishi ancha kutilgan quvonchli hodisa boʻlishi ham mumkin.
Bugun siz bilan millionlab muxlislar orasida yolgʻiz yashagan yulduz Maykl Jeksonning sirli oʻlimi haqida gaplashamiz. U pop qiroli sifatida dunyoga mashhur va uning moonwalk – oy raqsi deb ataladigan yurishi koʻpchilik uchun ilhom manbayi boʻlgan. Jeksonning sanʼati nafaqat musiqada, balki moda, videokliplar, raqs, sahna dizaynida juda katta yangiliklarni olib kelgan, u shunday serqirra boʻlgani uchun mashhurlikning choʻqqisiga chiqa oldi.
Maykl Jeksonning achchiq qismati, uning hozirgacha sirli oʻlimi haqida batafsil yuqoridagi koʻrsatuvda koʻrish mumkin.