Qozogʻistonda AES boʻyicha referendum natijalari maʼlum qilindi
Soʻrovda qatnashgan qozogʻistonliklarning 72,3 foizi AES uchun, 27,7 foizi esa qarshi ovoz bergan.
Qozogʻistonda aholining 70 foizdan oshigʻi AES qurish boʻyicha referendumda loyihani qoʻllab-quvvatladi.
Qozogʻiston Davlat siyosati institutining ikkinchi ekzit-poll natijalariga koʻra, soʻrovda qatnashgan qozogʻistonliklarning 72,3 foizi AES uchun, 27,7 foizi esa AESga qarshi ovoz bergan.
Zakon.kz sayti buyurtmasi bilan oʻtkazgan Yevroosiyo integratsiyasi institutining ekzit-poll maʼlumotlaridan maʼlum boʻlishicha, "fuqarolarning 71,8 foizi Qozogʻistonda atom elektr stansiyasi qurilishini yoqlab ovoz bergan, 28,2 foizi qarshi ovoz bergan".
6 oktabr, yakshanba kuni Qozogʻistonda atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha referendum boʻlib oʻtdi.
Markaziy saylov komissiyasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistonda referendumda 63,87 foiz ovoz beruvchilar ishtirok etgan.