platina.uz
Jamiyat

Fargʻonadagi sement zavodiga qarshi ish qoʻzgʻatilib, chora koʻrildi

Korxona tomonidan 20,6 ming tonna sement birja savdolariga qoʻyilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotib yuborilgan. 

Fargʻonadagi sement zavodiga qarshi ish qoʻzgʻatilib, chora koʻrildi

Raqobat qoʻmitasi Fargʻonadagi sement zavodiga qarshi chora belgiladi. Zavod manipulyatsiya harakatlarini sodir etishda ham ayblangan.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 29-bandiga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini oʻtkazib borishi belgilangan.

Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan monitorning natijasida, “SHAFFOF SEMENT SANOAT” MChJ QK tomonidan 2023 yil yanvar-dekabr va 2024 yil yanvar-iyul oylarida 298 ta holatda 20 645 tonna sement mahsulotini birja savdolariga qoʻymasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotilganligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, ushbu mahsulotni 2023-2024 yillar davomida sotish kunlaridagi narxlari 2023-2024 yillar davomida birja savdolarida shakllangan oʻrtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda 298 ta holatda mahsulot narxlarini yuqori qoʻllash natijasida jami 669 mln soʻmga yaqin miqdorda tafovut (farq) holatlari aniqlandi.

Maʼlumot oʻrnida. Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, “Yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish” harakatlari manipulyatsiya deb hisoblanadi.

Yuqoridagilarga muvofiq, Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan “SHAFFOF SEMENT SANOAT” MChJ QKga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid