Eng koʻp maosh oladigan davlat rahbarlari eʼlon qilindi
Birinchi oʻrin Osiyo vakili boʻlgan Singapurga nasib etdi. Keyingi oʻrinlarni Shveysariya vva Avstraliya egalladi.

Politicial Salaries hisob-kitoblariga koʻra, eng koʻp maosh oluvchi mamlakat rahbari Singapur bosh vaziri Lourens Vong boʻldi va yiliga taxminan 1,69 million dollar pul oladi.
Keyingi oʻrinlar quyidagi tartibda taqsimlandi:
-ikkinchi oʻrin: Shveysariya prezidenti Viola Amherd – yiliga 569,5 ming dollar;
-uchinchi oʻrin: Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaniz – yiliga 412,5 ming dollar;
-toʻrtinchi oʻrin: AQSh prezidenti Jo Bayden - yiliga 400 ming dollar;
-beshinchi oʻrin: Avstriya kansleri – yiliga 316,7 ming dollar;
-oltinchi oʻrin: Yangi Zelandiya bosh vaziri Kristofer Lakson – yiliga 310,5 ming dollar;
-yettinchi oʻrin: Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo — yiliga 301 ming dollar;
-sakkizinchi oʻrin: Germaniya kansleri Olaf Shols – yiliga 293,3 ming dollar;
-toʻqqizinchi oʻrin: Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba – yiliga 276,4 ming dollar;
-oʻninchi oʻrin: Irlandiya Bosh vaziri Saymon Xarris - yiliga 267,3 ming dollar.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yiliga 113,6 ming dollar (10,2 million rubl) maosh bilan 28-oʻrinda.
Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali eng kam maosh oladi – u yiliga bor-yoʻgʻi 1,7 ming dollar topadi; Nigeriya prezidenti Bola Tinubu (2,2 ming dollar) va Moʻgʻuliston bosh vaziri Luvsannamsrain Oyuun-Erdenening (3,8 ming dollar) ishi biroz koʻproq baholanadi.