Shavkat Mirziyoyev Moskvaga boradi
Prezident MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida qatnashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-8 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida boʻladi.
Davlat rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.