Samarqandda qurilayotgan maktabda sifatsiz ishlar buzdirildi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan kuchaytirilgan tadbirlar oʻtkazilgan.
Samarqandda sifatsiz qurilayotgan qurilishlar buzdirildi.
Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Unda Qorasuv massivida "Meʼmor kompleks" MChJ tomonidan qurilayotgan maktab binosida bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi.
Xususan, nazorat tadbirlari davomida ayrim sifatsiz ishlar aniqlanib, demontaj qildirildi. Obʼektda qurilish mahsulotlari yomon holatda saqlanayotgani, ijro jurnallari yuritilmagani aniqlandi. Qurilishning ikkinchi qavatida terilgan gʻishtlar holati talabga javob bermasligi, qorishmalar bilan toʻliq toʻldirilmagani maʼlum boʻldi. Natijada ushbu qurilish buzdirildi.
Eslatib oʻtamiz, viloyat boʻylab nazorat tadbirlari kuchaytirilgan holda olib borilmoqda, deyiladi xabarda.