"Andijon" Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi
Andijonliklar tarixda ilk bor OChL-2 musobaqasida qatnashadi.

"Navbahor" hamda "Andijon" oʻrtasida oʻtkaziladigan Oʻzbekiston kubogi final uchrashuvi yakunlandi.
Unda andijonliklar qoʻshimcha taymlarda 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.
"Navbahor"-"Andijon" 2:3
Abrorbek Ismoilov, 53 (1:0), Muhammadkarim Toirov, 82 (1:1), Islom Mamatkazin, 116 (1:2), Farruh Sayfiyev, 119 (2:2), Vladimir Bubanya, 120 (2:3)
Shu tariqa Andijon klubi oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari andijonliklar tarixda ilk bor OChL-2 musobaqasida qatnashadi.