platina.uz

JSST maymun chechagini aniqlash boʻyicha ilk testni maʼqulladi

Erta tashxis qoʻyish maymunchechak kasalligiga qarshi kurashish, bemorlarni oʻz vaqtida davolash va parvarish qilishni taʼminlash, virus tarqalishini nazorat qilishda muhim rol oʻynaydi. 

Jahon
4-oktabr, 15:17
JSST maymun chechagini aniqlash boʻyicha ilk testni maʼqulladi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maymunchechakning tarqalishiga qarshi kurashda katta qadam tashladi, bu xavfli virusni tashxislash uchun birinchi marta testlardan favqulodda vaziyatlarda foydalanishga ruxsat berdi.

JSSTning aniqlik kiritishicha, Abbot Molecular Inc. tomonidan ishlab chiqarilgan yangi test kasallik holatlari keskin oshgan mamlakatlarda tez va aniq tekshiruv oʻtkazish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Erta tashxis qoʻyish maymunchechak kasalligiga qarshi kurashish, bemorlarni oʻz vaqtida davolash va parvarish qilishni taʼminlash, virus tarqalishini nazorat qilishda muhim rol oʻynaydi.

Tashkilotning qoʻshimcha qilishicha, Afrikada virus holatlarini tekshirish imkoniyati cheklangan.

Maymun chechagi dunyo boʻylab tarqalayotgan virusli kasallik boʻlib, u Afrikaning baʼzi qismlarida keng uchramoqda.

Biroq soʻnggi oylarda kasallik tarqalishi AQSh, Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Marokashda qayd etilgan. Afrika Ittifoqi Kasalliklarni nazorat qilish markazi maʼlumotlariga koʻra, yil boshidan beri mintaqada virusdan 866 oʻlim aniqlangan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+