platina.uz

"Hamkorbank"ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi

Bank mikroqarz reklamasida chalgʻituvchi axborot berishda ayblangan. 

Iqtisod
4-oktabr, 10:05
"Hamkorbank"ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi

Raqobat qoʻmitasi "Hamkorbank"ni jarimaga tortdi.

Qoʻmita tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, “Hamkorbank” ATBning onlayn mikroqarz bank xizmati reklama axborotida isteʼmolchilarni chalgʻituvchi maʼlumot berilganligi aniqlangan.

Xususan, mazkur bank xizmati reklamasida “Onlayn mikroqarz” – “Zudlik bilan pul kerakmi, 50 million soʻm - Hamkor ilovasida onlayn mikroqarz rasmiylashtiring!” mazmunidagi tashqi reklama joylashtirilganligi kuzatilgan.

Ushbu axborotga bankning internetdagi rasmiy sahifasi joylashtirilgan maʼlumotlar asosida aniqlik kiritildi.

Bunda, mikroqarz bank xizmati boʻyicha faqatgina kreditning miqdori haqida axborot berilgan boʻlib, reklama axborotida ushbu kreditning qolgan muhim shartlari koʻrsatilmagan.

Reklamani bunday koʻrinishda boʻlishi reklamadan foydalanuvchilarni chalgʻituvchi yoki chalgʻitishga olib keluvchi holatni ifodalashi mumkin.

Yuqoridagilarga asosan, Qoʻmitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan “Hamkorbank” ATBga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatma berildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+