Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi
Alisher Saʼdullayev esa raisning birinchi oʻrinbosari lavozimini egalladi.
Sport
4-oktabr, 12:07
Bosh vazir Abdulla Aripov Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi.
Bu vazifada shshu vaqtga qadar Yoshlar agentligi rahbari Alisher Saʼdullayev ishlab kelayotgandi. Alisher Saʼdullayev federatsiya raisi birinchi oʻrinbosari vazifasini egallagan.
Avvalroq Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov federatsiyaning poytaxt boʻlimiga rais etib saylangandi.