platina.uz
Jamiyat

Uzbekistan Airways Eron va Iroq hududini chetlab oʻtgan holda parvozlarni amalga oshiradi

Yana ikki aviakompaniya Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab Oʻzbekistonga reyslarni vaqtincha toʻxtatdi. 

Uzbekistan Airways Eron va Iroq hududini chetlab oʻtgan holda parvozlarni amalga oshiradi

Uzbekistan Airways Eron va Iroq hududini chetlab oʻtgan holda parvozlarni amalga oshiradi.

Fuqaro havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida, 2024 yil 2 oktabrdan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi agentligining koʻrsatmasiga muvofiq, Uzbekistan Airways Iroq havo hududi va Eron havo hududining gʻarbiy qismini aylanib oʻtgan holda, aniq koʻrsatmaga qadar muntazam parvozlarni amalga oshirishini maʼlum qiladi.

"Taʼkidlash joizki, Uzbekistan Airways parvozlarning maksimal xavfsizligini taʼminlash uchun muqobil yoʻnalishlardan foydalangan holda Toshkent - Tel-Aviv - Samarqand/Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni davom ettiradi" deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, "Flynas" va "Qeshm Air" aviakompaniyalari Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va havo hududining bir qismi yopilishi munosabati bilan Oʻzbekistonga parvozlarni vaqtincha toʻxtatgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid