platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatdan chuqur xavotir bildirdi

1 oktabr kuni Eron Isroilga qarata yuzlab raketalar yoʻlladi, Livanda ham vaziyat keskinlashmoqda. 

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatdan chuqur xavotir bildirdi

Oʻzbekiston TIV Yaqin Sharqdagi vaziyat boʻyicha bayonot bilan chiqdi.

Mamlakat Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildirgan.

"Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan boʻlgan xatar va tahdidlarning misli koʻrilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz.

Biz qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz", deyiladi munosabatda.

Oʻzbekiston tomoni mojaroni xalqaro normalar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining qarorlariga muvofiq tinch yoʻl bilan hal etish uchun shoshilinch choralar koʻrish zarurligini yana bir bor taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, 1 oktabr kuni Eron Isroilga raketa zarbalari berdi. Vaziyat keskinlashishi ortidan mamlakat havo hududi yopildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid