platina.uz
Jahon

JSST yangi xavf - Margburg virusidan ogohlantirdi

Virusdan oʻlim darajasi 88% ga etadi, hozirda Marburgga qarshi vaksina yoʻq. 

JSST yangi xavf - Margburg virusidan ogohlantirdi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Ruandada kasallikning birinchi holatlari qayd etilganidan keyin yangi Marburg virusi epidemiyasi xavfi haqida ogohlantirdi.

26 sentabr holatiga koʻra, jami 26 ta holat, jumladan, sakkiztasi oʻlim holati qayd etilgan. Ruandaning 30 ta hududidan yettitasida bunday holatlar aniqlangan.

Aksariyat holatlar Ruanda poytaxti Kigali shahridagi ikkita tibbiyot tashkiloti xodimlaridir. JSST maʼlumotlariga koʻra, epidemiya xavfi milliy va mintaqaviy darajada juda yuqori, ammo global darajada past.

Marburg virusi Ebola oilasiga mansub va klinik jihatdan unga oʻxshaydi. Marburg gemorragik isitmani keltirib chiqaradigan virusli kasallikdir. Alomatlar kuchli bosh ogʻrigʻi, qorin ogʻrigʻi, burun va ogʻizdan qon ketishini oʻz ichiga oladi.

Virusning oʻlim darajasi 88% ga etadi. Tashkilotning qayd etishicha, hozirda Marburgga qarshi vaksina yoʻq. Uni davolash simptomatik, immunitetni saqlash uchun preparatlar qoʻllaniladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid