Eng korrupsiyalashgan sohalar eʼlon qilindi
Mahalliy hokimlar xodimlari tomonidan korrupsion jinoyatlar koʻpaygan.
Oʻzbekistonda taʼlim tizimi va mahalliy hokimliklarda korrupsion holatlar koʻpaygan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Oliy sud taqdim etgan maʼlumotlar asosida 2024 yilning I-yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlil qilindi.
Tahlillarga koʻra, mazkur davrda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Joriy yilda (2023 yilning birinchi yarim yilligi bilan taqqoslaganda) ayrim soha va yoʻnalishlarda korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaygan.
Jumladan:
- tijorat banklarida 146 (186);
- Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 145 (177);
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128);
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida 52 (64);
- Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40);
- Qishloq xoʻjaligi vazirligida tizimida 30 (33) korrupsion jinoyatlar sodir etilgan.
Shuningdek:
- Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimining 285 (237);
- davlat ulushi mavjud korxonalarning 103 (153);
- mahalliy hokimliklarning 133 (119) nafar xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgan.