platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryodagi bogʻcha-maktablarni isitish uchun 2 mlrd ajratildi

Pul respublika byudjeti ssuda mablagʻlaridan berilishi koʻzda tutilgan. 

Qashqadaryodagi bogʻcha-maktablarni isitish uchun 2 mlrd ajratildi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashi qarori bilan maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining isitish tizimi uchun 2 mlrd soʻm ajratildi.

Mablagʻ respublika byudjetidan ajratilgan ssuda mablagʻlaridan taqdim etiladi, deyiladi hujjatda. Viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi mablagʻlarning ishlatishini nazoratga oladi.

Jumladan, Qarshi shahridagi muassasalar uchun 81 mln, Shahrisabz shahri uchun 80 mln, Kitob, Dehqonobod, Kasbi tumanlari uchun 240 mln soʻmdan, Mirishkor tumaniga 255 mln, Shahrisabz tumaniga 285 mln soʻm beriladi.Toʻliq roʻyxat hujjat ilovasida keltirib oʻtilgan.

Hujjat 2 oktabr sanasida imzolangan va darhol kuchga kirishi belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid