platina.uz
Jahon

Durov Telegramdagi jinoyatchilar maʼlumotlari rasmiylarga taqdim etilayotganini maʼlum qildi

Oʻzbekiston rasmiylaridan hozircha ushbu masalada soʻrov kelib tushmagan. 

Durov Telegramdagi jinoyatchilar maʼlumotlari rasmiylarga taqdim etilayotganini maʼlum qildi

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov jinoyatchilarning IP-manzillari va telefon raqamlarini oshkor qilish anchadan beri yoʻlga qoʻyilganini maʼlum qildi. Bu haqda u oʻzining Telegram-kanalida yozgan.

"Maxfiylik siyosatimizga koʻra, 2018 yildan beri Telegram koʻpchilik mamlakatlardagi jinoyatchilarning IP-manzillari va telefon raqamlarini rasmiylarga oshkor etishi mumkin edi.

Tegishli aloqa liniyalari orqali biz qonuniy soʻrov olganimizda, biz uni tekshiramiz va xavfli jinoyatchilarning IP manzillari yoki telefon raqamlarini oshkor qilamiz. Bu jarayon ancha oldin mavjud edi", — dedi Durov.

"Misol uchun, Braziliyada biz 2024 yilning birinchi choragida (yanvar-mart) 75 ta, 2-chorakda 63 ta va 3-chorakda 65 ta yuridik soʻrovlar boʻyicha maʼlumotlarni oshkor qildik. Eng yirik bozorimiz boʻlgan Hindistonda biz 1-chorakda 2461 ta, 2-chorakda 2151 ta va 3-chorakda 2380 ta yuridik soʻrovni qondirdik", deya yozadi messenjer asoschisi.

Oʻzbekistondan Telegramdagi jinoyatchilar maʼlumotlari masalasida soʻrov kelib tushmagan.

Eslatib oʻtamiz, Durov ayni paytda Fransiyada boʻlib turibdi. U avgustda qoʻlga olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid