Abdulla Aripov Eron Birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Yerevanga tashrif doirasida Yevroosiyo iqtisodiy forumida ham ishtirok etgan.

Oʻzbekiston bosh vaziri Eron birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashdi.
Yerevanga tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Eron Islom Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.
"Davlatlar rahbarlari tomonidan koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuvda Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishi hamda uning doirasidagi biznes-forumga puxta tayyorgarlik koʻrish, davlatlarimiz oʻrtasida turli sohalarda sanoat kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi" deyiladi rasmiy maʼlumotda.
Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi Yerevanga tashrif doirasida Yevroosiyo iqtisodiy forumida ham ishtirok etgan.