platina.uz
Jahon

Isroil Livanga quruqlikdan hujum boshladi

Bu hujum "cheklangan va mahalliy xarakterga ega" deyiladi armiya bayonotida. AQSh hujum haqida ogohlantirilgan. 

Isroil Livanga quruqlikdan hujum boshladi

Isroil Livanda quruqlikdan "cheklangan" harbiy operatsiya boshlaganini eʼlon qildi.

Isroil mudofaa kuchlari qoʻshinlar Livan janubidagi chegara hududida "Hizbulloh" bilan bogʻliq nishonlarga cheklangan quruqlikdagi reydlarni boshlaganini maʼlum qildi.

SAXAL bayonotida taʼkidlanganidek, Isroil havo kuchlari va artilleriyasi harbiy obʼektlarga zarba berish orqali operatsiya davomida quruqlikdagi kuchlarni qoʻllab-quvvatlamoqda.

“Siyosiy eshelon qarorlariga muvofiq, bir necha soat oldin Isroil armiyasi Livan janubidagi "Hizbulloh" nishonlari va infratuzilmalariga qarshi aniq razvedka maʼlumotlariga asoslanib, cheklangan, mahalliylashtirilgan va maqsadli reydlarni boshladi”, — deyiladi armiya oʻzining Telegram-kanalida.

Isroil shuningdek, Suriya hududiga ham zarbalar bergan. Oqibatda Suriyada mashhur boʻlgan teleboshlovchi Safiya Ahmad halok boʻlgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid