Osiyoda katta futbol bayrami boshlanyapti

Qitʼa chempionatida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Sport
9-yanvar, 14:38
Osiyoda katta futbol bayrami boshlanyapti

12 yanvar kuni Qatarda futbol boʻyicha Osiyo chempionati boshlanadi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Srechko Katanets Osiyo kubogi oldidan terma jamoaning 28 kishidan iborat roʻyxatini shakllantirdi. Ushbu tarkib Qatarga yoʻl oladi va ulardan 26 nafari turnirda ishtirok etadi.

Italiyaning Kalyari jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov jarohati tufayli musobaqada qatnasha olmaydi.

Oʻzbekiston MTJning Qatarga yoʻl olgan tarkibi.

Oʻzbekiston terma jamoasi B guruhidan joy olgan. Bu guruhda Avstraliya, Suriya va Hindiston termalari bor. Birinchi oʻyin 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi boʻlib oʻtadi (Toshkent vaqti bilan soat 22:30da).

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 7 ta Osiyo kubogida ishtirok etgan va raqiblar darvozasini 42 bor ishgʻol qilgan. Milliy jamoaning Osiyo kuboklaridagi eng yaxshi toʻpurari Aleksandr Geynrix hisoblanadi. Unda 6 ta gol bor.

Maksim Shatskix, Eldor Shomurodov va Odil Ahmedov 4 tadan gol bilan ikkinchi, Mirjalol Qosimov va Ulugʻbek Baqoyev – 3 tadan gol bilan uchinchi boʻlib turishibdi.

Odil Ahmedov uchta Osiyo kubogida (2011, 2015 va 2019 yillar) gol kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi. Mirjalol Qosimov (2000 va 2004 yil) va Odil Ahmedov (2011 va 2019 yil) ikkitadan Osiyo kubogida terma jamoaning dastlabki goliga mualliflik qilishgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+