2024 yil tarixdagi eng issiq davr boʻlishi kutilmoqda

Avvalroq oʻtgan 2023 yil eng issiq deb topilgandi. 

Jahon
9-yanvar, 9:51
2024 yil tarixdagi eng issiq davr boʻlishi kutilmoqda

2024 yil tarixdagi eng issiq mavsum boʻlishi mumkin. Bu haqda Bloomberg iqlim boʻyicha ekspertlarga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, rekord darajadagi issiqlikning sabablaridan biri El-Nino hodisasi – Tinch okeanining ekvatorial qismidagi suv sirt qatlami haroratining oʻzgarishi boʻlishi mumkin.

Butunjahon meteorologiya tashkiloti 2023 yilni rekord darajadagi eng issiq yil deb atagandi, ammo 2024 yil bundan ham issiqroq boʻlishi mumkin.

Milliy okean va atmosfera maʼmuriyatining katta olimi Maykl Makfedenning soʻzlariga koʻra, Tinch okeanidagi suvning isishi Yer yuzasi haroratining oshishiga taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun, El Nino taʼsiri ostida ikkinchi yil birinchisiga qaraganda issiqroq boʻlishi mumkin.

Avvalroq iqlim oʻzgarishi yiliga 250 ming kishini halok qilishi maʼlum qilingandi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+