Nukusda fuqarolar nomaʼlum moddadan zaharlandi, qurbon bor
Mazkur hodisa yuzasidan komissiya tuzilgan.
Nukus shahrida ikki nafar fuqaro nomaʼlum etiologiyali modda taʼsirida zaharlangan va ulardan biri vafot etgan. Bu haqda 6 yanvar kuni eʼlon qilingan Nukus shahar hokimi qarorida aytiladi.
"Nukus shahrida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida"gi qarorga koʻra, komissiya tuzildi.
Komissiya voqea joyiga chiqib, uning sabablarini oʻrganadi, mutaxassislarni jalb etib, ulardan yozma xulosalar oladi.
Shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali televideniye orqali maxsus koʻrsatuvlar, radioeshittirishlar va davr suhbatlari tashkil etiladi.
Oldinroq Fargʻonada bir oilaning toʻrt aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.