Nodirbek Abdusattorov 2023 yilda qancha pul ishlab topdi?

U yil davomida jami 12 turnirda qatnashgan. 

Sport
7-yanvar, 17:11
Nodirbek Abdusattorov 2023 yilda qancha pul ishlab topdi?

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov oʻtgan 2023 yilda qancha pul topgani maʼlum qilindi. 

Aytilishicha, Abdusattorov 12 ta turnirda qatnashib, 190 173 dollar mablagʻ ishlab topdi. Oʻzbekiston vakili eng koʻp pul topgan shaxmatchilar oʻnligini yakunlab bergan. 

2023 yilda eng koʻp pul topgan shaxmatchi xitoylik grossmeyster Ding Lirendir. 

U 2023 yilda 2 ta asosiy turnirda qatnashib 1 228 200 AQSh dollari miqdorida pul topishni uddasidan chiqdi. Ikkinchi oʻrindagi Yan Nepomnyaщiy13 ta turnirda qatnashib 1 226 825 dollarni qoʻlga kiritgan. 

Uchinchi oʻrinni esa 15 ta turnirda qatnashib, 705 155 dollar jamgʻargan Magnus Karlsen egalladi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+