platina.uz

Poyezd chiptalari narxi yana oshirilyapti

Narxlar soʻnggi bor oʻtgan yili kuzda koʻtarilgandi. 

Jamiyat
5-yanvar 2024 yil
Poyezd chiptalari narxi yana oshirilyapti

Oʻzbekistonda poyezd chiptalari narxi yana koʻtarilmoqda. Bu haqda "Oʻztemiryoʻlovchi" AJ xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 2024 yil 20 yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari hamda "Sharq", "Nasaf" va "Oʻzbekiston" tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshmoqda. "Afrosiyob" yuqori tezlikdagi elektr poyezdlariga chiptalar narxi:

Toshkent — Buxoro — Toshkent

VIP 636 000 soʻm

Biznes 462 000 soʻm

Ekonom 336 000 soʻm

Toshkent — Qarshi — Toshkent

VIP 534 000 soʻm

Biznes 390 000 soʻm

Ekonom 282 000 soʻm

Toshkent — Samarqand — Toshkent

VIP 396 000 soʻm

Biznes 276 000 soʻm

Ekonom 204 000 soʻm etib belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning oktabr oyida ham temiryoʻl chiptalari oshirilishi maʼlum qilingandi. Shuningdek, prezident imzolagan qarorga koʻra, tezyurar poyezdlar narxlari bozorga qarab oʻzgarib boradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+