platina.uz

Alisher Saʼdullayev vazirlikdan ketdi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi ajratilib, Sport vazirligi sifatida qayta tashkil etilgandi.

Jamiyat
31-yanvar 2024 yil
Alisher Saʼdullayev vazirlikdan ketdi

Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan Alisher Saʼdullayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

A.Saʼdullayev Vazirlar Mahkamasi huzuriga oʻtkazilgan Yoshlar ishlari agentligi direktori sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Alisher Saʼdullayev 2017 yilda prezident nazariga tushib, Xalq taʼlimi vaziriga oʻrinbosar etib tayinlangan va eng yosh vazir oʻrinbosari boʻlgan edi.

Keyinchalik 2018 yilda Yoshlar ittifoqi raisiga oʻrinbosar boʻldi, bir yil oʻtib, ittifoqqa raislikka tayinlandi. 2020 yildan beri esa Yoshlar ishlari agentligi direktori sifatida ishlab kelmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+