platina.uz
Jamiyat

Toshkent Markaziy Osiyoning eng qimmat shaharlaridan deya topildi

Dushanbe va Ashxobod kabi shaharlar roʻyxatga kiritilmagan.

Toshkent Markaziy Osiyoning eng qimmat shaharlaridan deya topildi

2024 yil boshida eʼlon qilingan Numbeo portali maʼlumotlariga koʻra, Olmaota Markaziy Osiyoning eng qimmat shaharlari reytingida yetakchilik qilmoqda. Toshkent esa uchinchi oʻrinni egallagan.

Numbeo oʻz reytingini 2009 yildan beri yuritib keladi. Reytinglar ijaraga beriladigan uy-joy narxi, oziq-ovqat, umumiy ovqatlanish narxlari va boshqa omillarni hisobga olgan holda foydalanuvchi sharhlari asosida tuziladi.

Olmaotadan keyin reytingda Ostona ikkinchi, Toshkent va Bishkek uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarni egalladi.

Biroq, Numbeo foydalanuvchilarining sharhlari cheklanganligi sababli Dushanbe va Ashxobod kabi shaharlar roʻyxatga kiritilmagan.

Ammo, agar nafaqat Markaziy Osiyoni, balki butun Osiyoni oladigan boʻlsak, Qozogʻiston shaharlari elliktalik reytingdan joy olgan. Umumiy reytingda Singapur eng qimmat shahar boʻlib chiqdi.

Osiyo shaharlari reytingiga jami 86 ta shahar kiritilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid