Qashqadaryoda byudjetdan naq 59,5 mlrd. soʻm ajratilyapti
Pul byudjetning erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan taqdim etiladi.
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashi qarori bilan 59 mlrd. 592 mln. 700 ming soʻm mablagʻ pul ajratilmoqda. Pul viloyat mahalliy byudjetining 2024 yil boshidagi erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan taqdim etiladi.
29 yanvar kuni eʼlon qilingan hujjatga koʻra, mazkur pul viloyat umumtaʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun sarflanadi.
Jumladan, viloyatdagi maktab sinfxonalarini kompyuter va boshqa texnikalar bilan jihozlash uchun 19 mlrd. 350 mln. soʻm beriladi (Qarshi shahri, Shahrisabz shahri, Gʻuzor va Dehqonobod tumanlarida).
Oʻquv mebellari va doskalar uchun 40 mlrd. 241,9 mln. soʻm sarflanishi koʻzda tutilgan.
Qaror ilovasida mablagʻlar sarfi jadvali va yetkazib beruvchi tadbirkorlar roʻyxati ilova tariqasida keltirilgan.
Biroz avval Toshkent shahrida ham turli maqsadlar uchun katta pul ajratilgani maʼlum boʻlgandi.