Erondagi portlashlarda 70 nafardan oshiq kishi halok boʻldi
Hodisa general Sulaymoniy koʻmilgan qabriston yaqinida yuz berdi.

Eron janubidagi Kirmon shahridagi qabriston yaqinida sodir boʻlgan ikki portlash oqibatida 73 kishi halok boʻldi.Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.
Yigʻilganlar Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniy vafotining toʻrt yilligiga bagʻishlangan marosimda ishtirok etayotgandi.
General Qosim Sulaymoniy 2020 yilda AQSh qurolli kuchlarining havo hujumi oqibatida yoʻq qilingandi.
Hozircha portlashlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berilmadi, terakt tashkilotchilari ham nomaʼlum.