Andijonda mast haydovchi mudhish YTH sodir etdi
Jabrlanganlardan biri IIB xodimi boʻlib chiqdi.

Andijonda mast haydovchi sodir etgan YTH sabab IIB Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi xodimi hamda boshqa haydovchi tan jarohatlari oldi.
Bosh prokuratura bergan maʼlumotga koʻra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlar olib borilmoqda.