platina.uz
Jamiyat

Transport vaziri soʻnggi marta ogohlantirildi

Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor oʻtkazilmoqda. 

Transport vaziri soʻnggi marta ogohlantirildi

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boshlandi. Yigʻilishda transport vaziri Ilhom Mahkamov soʻnggi marta ogohlantirildi.

Ushbu tizimda 3 ta vazirlik va idora, 3 ta inspeksiya, 5 ta kompaniya, hududlarda qurilish, uy-joy va kommunal xoʻjaligi sohalariga masʼul hokim oʻrinbosarlari borligi, poytaxt va Toshkent viloyati hokimlariga qurilish va kommunal sohaga alohida oʻrinbosar berilganiga qaramay, bu kompleks xalqimiz eng koʻp norozi boʻlib murojaat qiladigan sohalardan biri ekani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari qurilish sohasiga zamonaviy standartlarni joriy qilib, qurilish normalarini yangilash, ichimlik suvi tannarxi va tarmoqdagi yoʻqotishlarni kamaytirish, mahalliy aviareyslarni koʻpaytirish, Toshkent shahrida tirbandlikni kamaytirish va jamoat transportini yaxshilashdagi kamchiliklarni birma-bir sanab, mutasaddilarning bu boradagi ishlari qoniqarsiz ekanligini qayd etdi.

Shu munosabat bilan transport vaziri I.Mahkamov, uning birinchi oʻrinbosari M.Omarov, IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi O.Saidov va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi A.Joʻrayevga hayfsan eʼlon qilindi va oxirgi ogohlantirish berildi.

Taʼkidlash kerakki, transport vaziri shu yilning 18 yanvar kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda ham ogohlantirilgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid