Sakkiz yildan beri qidirilayotgan oʻzbekistonlik ayol deportatsiya qilindi
U Turkiyaning Istanbul shahrida qoʻlga olingan.

Istanbulda sakkiz yildan buyon qidiruvda boʻlgan oʻzbekistonlik ayol ushlandi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi bosh konsulligi maʼlumot berdi.
"Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqarolarning koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini Firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirishda ayblanib 2016 yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda boʻlgan,1957 y.t. Rita Xalilova
joriy yilning 13 yanvar kuni Istanbul shahrida qoʻlga olingan edi.
R.Xalilova 28 yanvar kuni Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi" deyiladi xabarda.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish soʻraladi.
Avvalroq turk politsiyasi Interpol qidiruvga bergan shaxslarni ushlagani, ular orasida oʻzbekistonliklar ham borligi maʼlum boʻlgandi.